Oʻzbekistonlik professional bokschi Shahram Gʻiyosov AQSHning Nyu-Jersi shtatida joylashgan Atlantik-Siti shahrida argentinalik raqibi Franko Maksimiliano Okampo bilan jang qildi.
10 raundga moʻljallangan jang 4-raundda yakun topdi. Dastlabki raunddayoq Franko Okampo nokdaunga uchradi, biroq raund tugashi uni vaqtincha qutqarib qoldi. 4-raundda esa Shahram Gʻiyosovning ketma-ket va kuchli zarbalari raqibga jiddiy ta’sir koʻrsatdi. Referi hisobni ochdi, ammo argentinalik bokschi oʻziga kela olmagach hakam jangni toʻxtatishga majbur boʻldi.
Shu tariqa Shahram Gʻiyosov professional faoliyatidagi 17-jangida 17-gʻalabani qoʻlga kiritdi va bu gal ham raqibini nokaut bilan magʻlub etdi.
Jangdan soʻng jurnalistlar Gʻiyosovdan oilasida yuz bergan judolik haqida soʻrashdi. Bu savol bokschini hayajonga soldi va...