Shavkat Mirziyoyev paxtachilik sohasini iqtisodiy-moliyaviy yaxshilashga qaratilgan farmonni imzoladi. Bu haqda Huquqiy axborot xabar qiladi.
Unga koʻra, 2023-yildagi paxta xomashyosi xarajatlari uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni 2024-yil 1-dekabr sanasigacha toʻliq yopgan klasterlar mazkur kredit foizini (bank marjasi bundan mustasno) qaytarib oladilar. Foiz 2025-yil 1-yanvargacha Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kredit resurslari hisobidan qaytariladi.
O‘tgan yilgi xomashyo xarajatlari uchun berilgan imtiyozli kreditlarning, mos ravishda Jamgʻarmaning tijorat banklariga ajratgan kredit resurslarining qolgan qismini qaytarish 2025-yil 1-aprel muddatigacha etib belgilandi. Uzaytirish tijorat banklari tomonidan ijobiy xulosa berilsa amalga oshiriladi.
Shuningdek, 2024-yil 1-avgust sanasidan ajratilgan kredit boʻyicha klasterlar taʼsischilari uchun...