«Kursiv» xalqaro biznes nashri tomonidan 4-iyun kuni poytaxtdagi «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida «Narxdan qadr-qiymatgacha. Barqaror rivojlanish uchun iqtisodiyotni transformatsiya qilish» ESG forumi tashkil qilindi.
Tadbirda davlat idoralari, tadbirkorlik subyektlari va ekspertlar hamjamiyati vakillari ishtirok etmoqda.
Forum ESG va barqaror rivojlanishga bagʻishlangan toʻrtta sessiyani oʻz ichiga oladi. Ushbu tadbirlarning onlayn translyatsiyasini «Kursiv» media rasmiy YouTube kanalida kuzatib borish mumkin.
Soat 14:30 da «Hamma narsada tozalik: ekologik poklik biznesni rivojlantirish vositasi» muhokamasi boshlandi.
15:25 da «Pulni qayerdan kutish kerak: ESG’ni rivojlantirishda xalqaro rivojlanish institutlarining roli» sessiyasi boshlanadi.
Uchinchi panel sessiyasi «ESG amaliyotlarining qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’siri» soat 16:40 da boshlanadi.