2023-yilda mintaqaviy darajada 183 ta mojaro yuzaga keldi, bu so‘nggi 30-yil ichida rekord ko‘rsatkichdir. Bu haqda Britaniya xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) qurolli mojarolar haqidagi hisobotida ma’lum bo‘ldi.
Jabrlanganlar soni ham, zo‘ravonlik holatlari ham ortib bormoqda. Ko‘rsatkichlar mos ravishda 14% va 28% ga oshdi.
Nizolar terrorchilik tahdidlari, hududiy nizolar, jinoiy guruhlar va jinoiy muhitdagi raqobat tufayli yuzaga keladi.
Iqlim muammolari ham zaif mamlakatlarda tartibsizliklarni kuchaytirmoqda. Kelishmovchiliklar mamlakatlarning iqlim o‘zgarishi bilan kurashishini qiyinlashtiradi va iqlim o’zgarishining o‘zi mojarolarni kuchaytiradi va ularni boshqarishni qiyinlashtiradi.
BMT ham tashkilot a’zolari o‘rtasidagi nizolar tufayli o‘z ta’sirini yo‘qotmoqda. Xavfsizlik Kengashida yirik davlatlar bir-birining qarorlarini taqiqlaydi...