«Toshkent» respublika fond birjasidan (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati ortda qolgan haftani oʻsish bilan yakunladi. Kursiv Uzbekistan hafta davomida RFBdagi qimmatli qogʻozlarning oʻzgarish dinamikasini o‘rganib chiqdi.
22-noyabrdan 29-noyabr sanasigacha UCI fond indeksi 2,4 foizga oshdi. Aksiyalari eng koʻp oʻsishga erishgan kompaniyalar qatorini «Oʻzmetkombinat» (+30,56 foiz), «OʻzRTXB» (+13,58 foiz) va «Aloqa bank» (+12,48 foiz) band qildi.
Oʻz navbatida, haftani salbiy yakunlaganlar kompaniyalar qatoridan «Aloqabank»ning imtiyozli aksiyalari (-17,87 foiz), «Ipak yoʻli banki» (-4,21) va «Oʻzbektelekom» (-2,44 foiz) oddiy aksiyalari joy oldi.
Hafta davomida eng koʻp bitimlar amalga oshirilgan kompaniyalar roʻyxatidan esa «OʻzRTXB» (1279 ta), «Aloqa bank» (367 ta), «Hamkorbank...