Joriy yil 10-oktabrdan Uzum Market hamkorlar bilan ishlashning yangi sxemasi – FBS’ni (Fulfilment by Seller) ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistan’ga xabar berdi.
Endilikda sotuvchilar mahsulot zaxiralarini, ularni qadoqlanishini mustaqil boshqarishi va mahsulotlarni o‘z omborida saqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Marketpleys esa xaridorga onlayn vitrina va logistikani taqdim etadi.
FBS modeli bo‘yicha ishlaydigan sotuvchilar uchun komissiya va logistika yig‘im shartlari bir xil bo‘ladi. FBO modelida esa marketpleys o‘z omborlarida tovarlarni saqlash va ularni mijozga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
Shu bilan birga, o‘z omborxonalariga ega bo‘lgan sotuvchilar, masalan, ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar, shuningdek, oflayn do‘konlar egalari milliy marketpleys bilan ishlashning...