Yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqaruvchilarga 10 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat obyektlari 5 yilga bepul ijaraga beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida kichik va o‘rta biznes sohasi vakillari bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvda ma’lum qilindi.
15 ta tuman va shaharda davlat idoralari markaziy binolarga ko‘chirilib, yangi binolarning 1-2-qavatlari tadbirkorlar uchun sotuvga qo‘yiladi. Davlat idoralaridan bo‘shaydigan 150 ta bino esa auksionga chiqariladi.
So‘nggi uch yilda ish boshlagan 250 mingta yangi korxonaning kengayishi uchun yer va bino ajratish tizimi soddalashtiriladi.
«Hokimlar yerlarni tanlashda, eng avvalo, kengayish istagida yurgan, loyihasi tayyor tadbirkorlar so‘ragan joylarni auksionga chiqarishi zarur...