Qatarning Jusour rekruting tashkiloti va Migratsiya agentligi savdo yordamchisi yo‘nalishida ish o‘rinlarini taklif etmoqda. Bu haqda agentlik rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, jami 200 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lib, ish haqi $700 – $750 ni tashkil etadi. Uy ijarasi va ovqatlanish xarajatlari ish beruvchi hisobidan bo‘ladi.
Ishga qabul qilinadigan nomzodlar 21-yoshdan yuqori bo‘lishi, ingliz tilida erkin muloqot qila olishi, kamida «B1» darajada bilishi lozim. Rus tilini berish ustunlik beradi. Shuningdek, savdo va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida kamida ikki yillik tajriba talab qilinadi.
Ish beruvchi tomonidan Qatarga borish, ishchi viza va tibbiy sug‘urta xarajatlari, mahalliy transport kartasi yoki to‘lovlari...