Uzbekistan Airports kompaniyasi Toshkent xalqaro aeroportida dam olish kapsulalari, bank-maslahat xizmatlari va xalqaro SIM-kartalar sotish shoxobchalari uchun joylarni ijaraga taklif qilmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
E-auksion platformasida joylashtirilgan lotlarning boshlang‘ich narxlari belgilandi:
Dam olish kapsulalari uchun (6 kv.m): yiliga 72 mln so‘m. Bank-maslahat xizmatlari uchun (10 kv.m): yiliga 180 mln so‘m. Xalqaro SIM-kartalar sotish punkti uchun (3 kv.m): yiliga 360 mln so‘m.Shuningdek, yangi yuk terminalida aviakompaniyalar va deklarant xizmatlari uchun ofis joylari ijaraga taklif etilmoqda. Har 1 kv.m uchun boshlang‘ich baho yiliga 800 ming so‘mni tashkil etadi.
Auskionda ishtirok etish uchun savdo maydonchasi...