Joriy yilning yanvar – sentabr oylarida mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan jami 11 trln soʻm miqdorida kreditlar ajratilib, kreditlash miqdori oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 79 foizga oshgan. Bu haqda Markaziy bank hisobotida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, bunda kreditlashning 84 foizi mikromoliya tashkilotlari va 16 foizi miqdoridagi kreditlash lombardlar hissasiga toʻgʻri kelgan. Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan ajratilgan kreditlarning 9,9 trln soʻmi yoki 93 foizi jismoniy shaxslarga va 716 mlrd soʻmi yoki 7 foizi yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Jismoniy shaxslar uchun ajratilgan kreditlar hajmi ham oshib, 10 million soʻmgacha boʻlgan kreditlar ulushi 39 foizga yetdi.