Siyosiy va fuqarolik erkinliklari reytingida Oʻzbekiston 100 balldan 12 ball toʻplab, Markaziy Osiyo davlatlari orasida uchinchi oʻrinni egalladi. Bu haqda Freedom House tomonidan e’lon qilingan baholash natijasida ma’lum qilindi.
Fuqarolik va siyosiy erkinliklarning rivojlanish darajasi boʻyicha Oʻzbekiston Tojikiston (5 ball) va Turkmanistonni (1 ball) ortda qoldirdi. Tashkilot ekspertlari Qozogʻistondagi erkinlik darajasini 23 ballga baholagan.
Freedom House tashkiloti Qirgʻizistonni Markaziy Osiyodagi eng erkin davlat deb topdi. U 26 ballga loyiq koʻrildi (mamlakat 2020-yilda 39 ball olgan edi).
Freedom House metodologiyasiga koʻra, Oʻzbekiston erkin boʻlmagan davlatlar toifasiga kiradi. Biroq uning reytingdagi mavqeyi asta-sekin yaxshilanib bormoqda. 2020-yilda respublika oʻn ball toʻplagan boʻlsa...