Joriy yil 31-oktabr holatiga ko‘ra, 5 grammlik oltin quymalarining narxi 5 mln 893 ming so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, oltin quymalarining narxi oy boshida 5 mln 616 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, oktabr oyi yakuniga kelib esa 277 ming so‘mga yoki sal kam 5 foizga o‘sdi.
Regulyator xizmati taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 3-yanvar holatida oltin quymalarining narxi 4 mln 239 ming so‘mni tashkil qilgan. Yil boshidan buyon oltin quymalarining narxi 1 mln 654 ming so‘mga yoki 39 foizga...