Xitoy «Shenchjou-19» nomli boshqariladigan kosmik kemasini uchta kosmonavt bilan birga orbitaga uchirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
«Shenzhou-19» aniq belgilangan orbitaga yetib bordi, kema ijobiy holatda ishlashda davom etmoqda. Parvoz muvaffaqiyatli amalga oshirilganini e’lon qilaman”, — dedi rasmiylar.
«Shenchjou-19» kosmik kemasi va uning uch ekipaji Xitoy shimoli-g‘arbidagi Jiuquan sun’iy yo‘ldoshini uchirish markazidan 4:27 da (GMT 2027) Long March-2F raketasida ko‘tarildi.
«Shenchjou-19» parvozi davomida koinotda 86 ta kosmik ilmiy-texnik tajribalar — hayot haqidagi fanlar, mikrogravitatsiya fizikasi, materiallar, tibbiyot, yangi texnologiyalar kabi sohalarda amalga oshiriladi. Ushbu tajribalardan biri simulyatsiya qilingan Oy tuprog‘idan yasalgan g‘ishtlarni...