Xorazm viloyati Raqobat qo‘mitasi tomonidan olib borilgan monitoring natijalariga ko‘ra, «Gurlan global teks» MCHJ 2023-yildan 2024-yil 1-avgustgacha bo‘lgan davrda birja savdolarida narxlarni manipulyatsiya qilgani aniqlangan.
Tadqiqot davomida ushbu kompaniya 54 holatda 3,7 ming tonnadan ortiq paxta tolasi, lint (paxta momig‘i), paxta yog‘i va sheluxa mahsulotlarini 55,9 mlrd so‘mga teng to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotgan. Narxlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, 7 ta holatda mahsulotlar birja narxidan yuqori baholarda sotilgan bo‘lib, bu 173 mln so‘mlik tafovutga sabab bo‘lgan.
Bundan tashqari, kompaniya yana 45 holatda 3,4 ming tonnadan ortiq paxta tolasi va lint mahsulotlarini birja kotirovka narxlaridan ancha past bahoda, jami 5,5 mlrd so‘mlik...