«Tolibon» ma’muriyati va Oʻzbekiston Afgʻonistonning Jauzjon va Faryob provinsiyalardagi Tuti-Maydon zaxirasida tabiiy gazni oʻzlashtirish boʻyicha 1 milliard dollarlik shartnoma imzoladi, deb xabar qildi Afgʻoniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Abdul-Gʻani Baradar idorasi.
O‘zbekiston o‘n yil ichida loyihaga sarmoya kiritishi kerak. Birinchi yil davomida Afg‘onistondagi gaz koniga $100 mln sarmoya kiritiladi, ikki yil ichida esa 100 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasi (IES) quriladi.
Hujjat «Tolibon» bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul-G‘ani Baradar va O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Ismatulla Irgashev ishtirokida imzolandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zR Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi...