2025-yil 27-yanvarda prezidentning «Uy-joy qurilishi sohasini rivojlantirish va qurilish jarayonini tartibga solish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.
Ushbu Farmonga koʻra, 2025-yilning 1-iyulidan boshlab uy-joy qurilishi sohasidagi barcha moliyalashtirish jarayonlari yangi mexanizm asosida amalga oshiriladi. Jumladan, «eskrou» hisobvaraqlari orqali qurilishga ulushdorlarning mablagʻlarini jalb qilish mexanizmi joriy etiladi.
Mablagʻlarini jalb qilish tartibi 2025-yilning 31-dekabriga qadar «ulushli ishtirok» asosida ham amalga oshirilishi mumkin boʻladi. 2026-yildan esa faqat «eskrou» hisobvaraqlari orqali mablagʻlarni jalb qilish imkoniyati qoladi.
Shuningdek, 2025-yil 1-iyuldan boshlab «Shaffof qurilish» axborot tizimi doirasida yangi elektron platforma ishga tushiriladi. Ushbu platforma orqali uy-joylar qurilishi jarayoni va ularga aloqador...