O‘zbekiston banklari 2023-yilning 10 oyida 9,4 trillion so‘m sof foyda oldi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,8 foizga ko‘pdir, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki.
Moliya institutlari o‘z daromadlarining salmoqli qismini foiz daromadlari hisobiga ta’minladi, ular 52,5 trln so‘mdan 70,4 trillion so‘mga (+34%) oshdi. Foiz xarajatlari 32,5 trln so‘mdan 46,6 trln so‘mga (+43,4%) oshdi. Natijada banklarning foiz marjasi deyarli 20 trln so‘mdan 23,75 trillion so‘mga (+18,75%) oshdi.
Banklarning bu yilgi foizsiz daromadlari o‘tmishdagidek tez o‘sayotgani yo‘q. Yanvar-oktyabr oylarida moliya institutlari 34,4 trillion so‘m, o‘tgan yili esa 27,4 trillion so‘m daromad oldi, ya’ni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan...