Moliyaviy axborotning yetakchi provayderlaridan biri bo‘lgan Cbonds kompaniyasi O‘zbekiston Investitsiya institutlari milliy uyushmasi (IIMU) bilan hamkorlikda 12-sentabr kuni respublika kapital bozoriga bag‘ishlangan VI xalqaro konferensiyani o‘tkazadi. Bu haqda «Kursiv»ga Cbonds matbuot xizmati xabar berdi.
Har yili ushbu tadbir 200 dan ortiq ishtirokchilarni – yetakchi banklar, investitsiya kompaniyalari, regulyatorlar, xalqaro moliya institutlari va reyting agentliklari vakillarini birlashtiradi. Joriy yilda «Toshkent» RFB boshqaruvi raisi Georgiy Paresishvili, Freedom Broker Uzbekistan ijrochi direktori Dauren Sapargaliev, EM Macro Structured boshqaruvchi direktori, Barclays Bank UK rahbari Igor Akulov va «O‘zbekinvest» kompaniyasi bosh direktori Rustam Azimov ishtirok etadi.
Anjumanda O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Garvard universitetida doktorlik ilmiy darajasini...