Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni belgilab berdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Hududlarning oʻziga xos xususiyatlari va ehtiyojlarini inobatga olib, qonunchilik faoliyatini takomillashtirish, mahalliy Kengashlar qarorlari qonunchilikka muvofiq boʻlishini ta’minlash, shuningdek, kengashlarning faoliyatiga har tomonlama yordam berish Senatning asosiy vazifalari sifatida qayd etildi.
Prezidentning ta’kidlashicha, hokimlar endilikda kengash raisi boʻlmasligi islohoti aholini qiynayotgan masalalarni yanada samarali hal etishga zamin yaratadi. 2025-yildan boshlab yer, mol-mulk va aylanma soliqlari mahalliy byudjetlarda qoldirilishi natijasida hududlar mustaqilligini oshirishga imkon beradi.
Senat bu jarayonlarni tizimli ravishda nazorat qilib, mahalliy Kengashlar faoliyatini shaffoflik va qonuniylik asosida tashkil etishda asosiy...