Nukus shahri aholisi endilikda kafe va restoranlardan tayyor taomlarni Yandex Go orqali buyurtma qilishi mumkin. Xizmat ishga tushirilgan paytida Oqtepa Lavash, Evos, Feed Up, Grand Lavash, Premier Lounge, Qoraqalpog‘im, Forest va boshqa 30 dan ortiq restoran platformaga ulandi. Bu haqda Yandex Go kompaniyasi Kursiv Uzbekistan’ga xabar berdi.
Restoranlar ro‘yxati va yetkazib berish hududi asta-sekin kengaytirilib, foydalanuvchilarga ko‘proq tanlov, restoranlarga esa sotuvni oshirish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etiladi.
O‘rtacha yetkazib berish vaqti taxminan 30 daqiqani tashkil etadi va buyurtmalar logistika xizmatlari hamkorlari va restoran kuryerlari tomonidan amalga oshiriladi. Yetkazib berishning barcha bosqichlari ilovada onlayn rejimda kuzatib boriladi.
Xizmatning boshlanishda foydalanuvchilarga bepul...