O‘zbekiston Kimberli jarayoni sertifikatlashtirish sxemasiga qo‘shilib, xalqaro olmos bozorida faoliyat yuritish imkoniyatlarini kengaytirdi. 2024-yil 12-15-noyabr kunlari Dubayda (Birlashgan Arab Amirliklari) Kimberli jarayonining 21-yillik yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning murojaati ijobiy baholandi va mamlakat to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilindi, deb xabar bermoqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.
Bu qaror joriy yil oktabr oyida Kimberli jarayoni ekspert missiyasining O‘zbekistonga tashrifi davomida respublikaning minimal talablarni bajargani uchun ijobiy baho olganidan so‘ng qabul qilindi.
Kimberli jarayoni noqonuniy qazib olingan yoki «qonli» deb ataluvchi olmoslarning jahon bozoriga kirib kelishiga qarshi kurashuvchi xalqaro hukumatlararo tashabbusdir. Ushbu tizimga a’zo bo‘lmagan mamlakatlar ishlov berilmagan olmos sotib...