Boeing oʻz xodimlarining 10 foizini yoki taxminan 17 ming kishini ishdan boʻshatishini eʼlon qildi. Tashkilot saytida kompaniya bosh direktori Kelli Ortbergning xabari joylashtirilgan.
Juma kuni kechqurun kutilmagan press-relizda kompaniya uning yoʻqotishlari kutilganidan ancha katta boʻlishini e’lon qildi. Boeing, shuningdek, yangi keng fyuzelyajli samolyotlarini yetkazib berish boshlanishini yana bir yilga (2025-yil oʻrniga 2026-yilgacha) kechiktirdi.
Boeing aksiyalari bu xabardan keyin 2 foizga arzonlashdi. Boshqa bir hisobotda aytilishicha, Boeing’ning uchinchi chorakdagi sof zarari har bir aksiya uchun 9,97 dollarni tashkil qilgan. Bu har bir aksiya uchun taxminan 1,19 dollar zarar kutgan tahlilchilarning prognozlaridan ancha yuqori, deya qayd etadi WSJ. Yil boshidan...