Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Moskva shahrida MDH davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boshlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Moskva shahrida MDH davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boshlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.
O‘zbekiston harbiy xizmatchilari «Kembriya patruli» xalqaro armiya musobaqasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi ma’lum qildi.
Turnir har yili Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tadi. 2024-yilda unda 30 ta davlatdan, jumladan, Qozog‘iston va Turkmanistondan 100 ta jamoa qatnashgan.
O‘zbekiston 13 jamoadan iborat kichik guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Britaniyalik hamkasblar o‘zbek xalqining professional darajasi va mahoratini yuqori baholadilar.
O‘zbekiston harbiylari bungacha «Kembriy patruli»da muvaffaqiyatli ishtirok etgan. 2019-yilda ular birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. 2020-yildan 2022-yilgacha ular kumush medallarni qo‘lga kiritdilar.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida O‘zbekiston 65-o‘rinni egallab turibdi.
Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» O‘zbekiston armiyasi mahalliy «Arslon...
Toshkentda 9–10-oktabr kunlari «Kibertahdidlar sammiti – Markaziy Evroosiyo, CSS 2024» II xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Tadbir «Kiberxavfsizlik markazi» va Dialogue Events hamkorligida tashkil etiladi. Unda 30 dan ortiq mamlakatlardan 60 ga yaqin kompaniyalar va 120 dan ortiq delegatlar ishtirok etadi.
Sammitning asosiy maqsadi kiberxavfsizlik bo‘yicha tajriba almashish, zamonaviy yechimlarni muhokama qilish va yangi biznes imkoniyatlarini ochishdan iborat.
Qayd etilishicha, ikki kunlik tadbirda yalpi muhokamalar, taqdimot sessiyalari, texnologiya namoyishlari o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, tadbir doirasida malakali mutaxassis xaker Jeyson Street ham o‘z taqdimoti bilan ishtirok etadi.
Ma’lum qilinishicha, tadbir davomida Cyberkent 2.0 musobaqalari...
Oʻzbekiston Markaziy banki bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining (BCBS) maslahat guruhiga qoʻshildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Bazel maslahat guruhi (BCG) qoʻmitaga aʼzosi boʻlmagan bank nazoratchilari bilan hamkorlik qilish uchun yaratilgan. Guruh aʼzolari BCBS munozaralari va faoliyatida ishtirok etishlari mumkin.
Qoʻmita faoliyatining asosiy maqsadi bank sohasida xalqaro standartlarni ishlab chiqish va joriy etishdan iborat. Qoʻmita tadqiqot olib boradi, moliyaviy risklarni tahlil qiladi va tartibga soluvchilar oʻrtasida tajriba almashish uchun platforma yaratadi.
Ma’lumot uchun, BCBS qarorlari qonuniy kuchga ega emas. Qoʻmita a’zolari oʻz standartlarini mustaqil ravishda, ixtiyoriy asosda amalga oshiradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekiston Markaziy bankining oltin-valyuta zaxiralari...
Tarmoqda tarqalgan xabarlarda ayol bojxona tekshiruvidan o‘tayotganida vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, Dubay – Toshkent aviareysida uchib kelgan va sog‘lig‘i yomonlashganligi sabab Chilonzor tumani ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (RShTYoIM)ga olib kelingan. Fuqaroga ko‘rsatilgan tibbiy reanimatsion yordamlarga qaramasdan ayolda tibbiy biologik o‘lim holati qayd etilgan.
Holat yuzasida marhumaning o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Mazkur holat bo‘yicha hozirda prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiya aeroportida O‘zbekiston fuqarolari 18,5 kg...
Eron fuqarolik aviatsiyasi parvozlariga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi. Bu haqda Interfaks nashri xabar berdi.
«Eron fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti parvozlar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratgandan so‘ng e’lon qilingan barcha cheklovlar bekor qilindi va aviakompaniyalarga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berildi», – deyiladi xabarda.
Bundan avvalroq «Mehr» axborot agentligi Eron fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti vakiliga tayanib, barcha Eron aeroportlarida 6-oktabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00 dan dushanba kuni 06:00 gacha reyslar bekor qilinganini xabar qilgan edi.
Yakshanba kuni Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRQK) Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni kontr-admiral Alirizo Tangsiri Eron qo‘mondonligi Tehron Isroil bilan to‘qnash...
8-oktabr kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning rasmiy narxi 7,85 so‘mga pasaydi va 12 787,03 so‘mni tashkil qildi.
Moliya institutlari AQSh valyutasini 12 735 – 12 770 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 800 – 12 855 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, respublikada 7-oktabr kuni dollar deyarli 20 so‘mga qimmatlashgan edi.
Silk Avia aviakompaniyasi Air Marakanda bilan hamkorlikda Samarqand va Fargʻona oʻrtasida muntazam aviaqatnovlarni qoʻlga qoʻydi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistanʼga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Fargʻonadan birinchi reys Samarqand xalqaro aeroportiga bugun, 8-oktabr kuni amalga oshirildi.
Fargʻona – Samarqand – Fargʻona yoʻnalishi boʻyicha haftalik yoʻlovchi qatnovlari seshanba kunlari quyidagi jadval boʻyicha amalga oshiriladi:
Fargʻonadan joʻnab ketish 13:00, Samarqandga yetib kelish 14:40;
Samarqanddan joʻnab ketish 15:20, Fargʻonaga yetib kelish 16:40.
Biletlarni aviakompaniyaning rasmiy saytida va Samarqand xalqaro aeroportining 24 soatlik aviakassasida xarid qilish mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Silk Avia 11-sentabrdan Toshkent – Shahrisabz – Toshkent yoʻnalishida aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻygani haqida xabar...
Fizika bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti sun’iy neyron tarmoqlaridan foydalangan holda mashinali o‘qitishni ta’minlaydigan asosiy kashfiyotlar va ixtirolar uchun Jon Xopfild va Jeffri Xintonga berildi. Bu haqda Stokgolmdagi Qirollik Karolinska tibbiy-jarrohlik instituti xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, har ikki laureat faoliyati davomida statistik fizika bilan shug‘ullanib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda fizika bo‘yicha Nobel elektronlar bo‘yicha eksperimental tajribalar o‘tkazgan olimlar Per Agostini, Ferens Krauz va Ann Le-Huillerga taqdim etilgan edi.
Ma’lumot uchun, 9-oktabrda kimyo, 10-oktabrda adabiyot bo‘yicha laureatlarning nomi e’lon qilinadi. 11-oktabr kuni tinchlik mukofoti, 14-oktabrda esa Alfred Nobel xotirasiga iqtisod bo‘yicha mukofot topshiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofoti...
TBC Bank Group’ning xalqaro biznes rahbari Oliver Hyuz O‘zbekiston bozorini katta imkoniyatlarga ega «yashirin durdona» deb atadi. Bu haqd a Finovate Kursiv Uzbekistan nashriga xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2019-yilda faoliyatini boshlagan TBC katta jamoani shakllantirgan va ikki yil ichida foyda olishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda yirik investorlar, jumladan, Fidelity va BlackRock TBC orqali mamlakatga sarmoya kiritmoqda.
Moliya bozorining 70 foizini davlat banklari nazorat qilayotgan bo‘lsa-da, raqobatning ortishi va xususiylashtirish yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Venger banki OTP xususiylashtirish jarayonida ishtirok etgan birinchi xalqaro o‘yinchi bo‘lib, sektorni ijobiy o‘zgarishlar bilan tasdiqlaydi.
Biroz avval, OTP bank Ipoteka bankini sotib olgan edi, bu esa sektorni...
Turkmanistonda 11-oktabr kuni «Zamonlar va sivilizatsiyalar oʻzaro aloqasi – tinchlik va taraqqiyot asosi» mavzuida xalqaro forum oʻtkaziladi. Forum buyuk shoir va mutafakkir Maxtumquli Firogʻiyning 300-yilligiga bagʻishlanadi. Bu haqda «Turkmaniston axborot portali» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, forumda 10 dan ortiq davlatlar prezidentlari hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Turkiy kengash (TURKSOY), Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Hozircha Kreml matbuot xizmati 11-oktabr kuni Vladimir Putin forumda ishtirok etish uchun Turkmanistonga tashrif buyurishini rasman tasdiqladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.
Turkiyaning Izmir aeroportidan o‘zbekistonlik olti nafar ayol 18,5 kilogramm oltinni noqonuniy olib o‘tishga urindi. Bu haqda Baza nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ayollar BAAdan kelgan. Tekshiruv natijasida 82 ta oltin quymasi, 18 ta PlayStation o‘yin pristavkasi va 3 ta smartfon topilgan.
Shuningdek, ayollarning jinsiy a’zolarida yashirilgan yana 84 ta oltin quymasi aniqlanib, jarrohlik yo‘li bilan olingan. Oltinlarning umumiy og‘irligi 18,5 kg bo‘lib, qiymati 55 million turk lirasi ($1,5 million) deb baholangan. Ayollar va ularni kutib olgan erkak hibsga olingan.
Ma’lumot uchun, jismoniy shaxslar zargarlik buyumlarini shaxsiy ehtiyoji uchun 65 grammgacha bo‘lgan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi hududiga...
Raqobat qo‘mitasi aloqa sifati, hisob-kitoblarning notoʻgʻri yuritilishi va ortiqcha qarzdorliklar, qoʻshimcha xizmatlar hamda reklama maqsadidagi SMS xabarlar haqidagi e’tirozli murojaatlar yuzasidan mobil aloqa operatorlarini qat’iy ogohlantirdi. Bu haqda Qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kelib tushgan murojaatlarda pullik kontent xizmatlarga ulab qoʻyilganligi, qoʻshimcha moliyaviy va savdo xizmatlari koʻrsatishda shartnoma shartlarini va tovar yetkazib berish muddatlarini buzilishi, xizmat narxlarining va tarif shartlarining oʻzgarganligi (oshishi) kabi muammolar ham qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonuniga binoan, ijrochi ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi shart. Sotuvchi yoki ijrochi koʻrsatilmagan xizmatlar uchun haq...
Sog‘liqqa yengil shikast yetkazish ma’muriy huquqbuzarlik tarkibiga kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Yangi o‘zgartirishlarga ko‘ra, sog‘liqqa yengil shikast yetkazish yoki mehnat qobiliyatini qisqa muddatga yo‘qotishga olib kelmagan jinoyatlar endi jinoiy jazo tarkibidan chiqarilib, ma’muriy huquqbuzarlik sifatida baholanadi. Shuningdek, qonun bo‘yicha huquqbuzar hamda jabrlanuvchi o‘rtasida yarashuv instituti doirasi kengaytiriladi.
Huquqbuzarlik bir yil davomida qayta sodir etilsa, kuchaytirilgan jazo choralari qo‘llaniladi. Ya’ni bazaviy hisoblash miqdori (BHM) ning 5 dan 25 baravargacha miqdorida jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llaniladi. Mazkur qonun 7-oktabr kunidan boshlab kuchga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan elektr tokidan foydalangan holda baliq...
Oʻzbekistonda onlayn kreditlash jarayonida firibgarlik holatlari koʻpayib borayotgani uchun Markaziy bank kredit tashkilotlari uchun yangi vaqtinchalik tartibni joriy etmoqda. Bu haqda regulyator axborot xizmati xabar berdi.
Soʻnggi yillarda raqamli texnologiyalar orqali fuqarolarning nomiga onlayn kreditlar rasmiylashtirish holatlari ortib bormoqda. Birgina 2024-yilning birinchi yarmida 463 holatda 15 milliard soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazildi.
Endilikda kredit olish uchun ariza yuborish jarayonida fuqarolar biometrik identifikatsiyadan oʻtishi shart. Bu talab kredit olish jarayonida shaxsga tegishliligini aniqlashga yordam beradi.
Shuningdek, kredit tashkilotlari ariza yuborilgandan soʻng, fuqarolarning kredit tarixi 2 bosqichda tekshiriladi. Agar salbiy kredit tarixi aniqlansa, kredit ajratish rad etilishi mumkin. Kredit olishdan soʻng...
2024-yilning uchinchi choragida Oʻzbekiston mehnat bozori ijobiy tendensiyalarni koʻrsatmoqda. Boʻsh ish oʻrinlari soni 13 foizga oshib, 31 mingdan ortiqni tashkil qildi. Bu haqda HeadHunter platformasi (hh.uz) Kursiv Uzbekistanʼga xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, boʻsh ish oʻrinlarining 90 foizdan ortigʻi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri keladi. Shuningdek, ish oʻrinlarining sezilarli oʻsishi Namangan (+53 foiz) va Andijon (+44 foiz) shaharlarida qayd etildi.
Boʻsh ish oʻrinlari soni boʻyicha yetakchi kasblar savdo va mijozlarga xizmat koʻrsatish (jami 14,09 foiz), marketing va reklama (10,40 foiz), sport klublari va fitnes sohasiga (7,37 foiz) toʻgʻri keladi.
Ish haqining oʻsishi respublika boʻyicha oʻrtacha ish haqi deyarli 6,4 mln soʻmni tashkil...
Soliq organlari tomonidan 2024-yilning III choragida soliq tushumlari hisobiga Davlat budjeti 49,1 trln so‘mga ko‘paydi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning shu davriga nisbatan 21,6 %ga ziyod.
Soliq turlari kesimida foyda solig‘i 11,9 trln so‘m, QQS 10,6 trln so‘m, JShODS 8,5 trln so‘m, aksiz solig‘i 4,7 trln so‘m va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq 4,5 trln so‘m miqdorni hosil qilgan.
Shuningdek, soliqsiz tushumlar (davlat boji, jarimalar, yig‘imlar) 4,4 trln so‘m, yer solig‘i 2 trln so‘m, mol-mulk solig‘i 1,6 trln so‘m, aylanma solig‘i 755,7 mlrd so‘m hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 196,9 mlrd so‘m...
Joriy yil sentabr oyida IT Park rezidentlari safiga 99 ta yangi IT-kompaniya qo‘shildi. Bu haqda IT Park axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu rezidentlarning 29 tasi Buyuk Britaniya, Singapur, Hindiston, Malayziya va Germaniya kabi mamlakatlarning sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan.
Yangi rezidentlarning 66 tasi, ya’ni 2/3 qismi eksportga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular birinchi yilida 700 dan ortiq ish o‘rni yaratishni rejalashtirmoqda.
Hozirgi vaqtda IT Parkda eksport bilan shug‘ullanuvchi rezidentlar soni 936 taga, xorijiy kompaniyalar esa 574 taga yetgan.
Yangi eksportchilarning asosiy bozorlariga AQSh, Germaniya, Fransiya, Xitoy va Janubiy Koreya kabi davlatlar kiradi.
Singapurning «Bipo sevvices silk road» va Malayziyaning «Summitnext» kompaniyalari ham...
Qirg‘izistonda chilimga soliq joriy etilishi mumkin, bu tashabbus bilan deputat Kubanichbek Samakov chiqdi, deb xabar berdi Economist.kg.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, jamoat ovqatlanish shoxobchalarida taqiqlanganiga qaramay, Qirg‘izistondagi deyarli barcha kafelarda chilim sotiladi.
«Bu qonunbuzarliklarni Sogʻliqni saqlash vazirligining vakolatli organlari koʻrib chiqadi, lekin jarima oʻrniga pora olib, ishni bosdi-bosdi qilishadi. Bu holatga mukammal yechim bo‘la olmaydi. Shuning uchun, chilimga oylik yoki yillik soliq to‘lovini joriy qilish lozimmikin?» – deydi Samakov.
Qirg‘iziston muassasalarida chilim chekish uchun jarima miqdori 23 ming somni (taxminan 3,4 mln so‘m) tashkil etadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirg‘iziston sigaretalar importini taqiqlamoqchi...
O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlar va chet el valyutasidagi boshqa aktivlarga oid ma’lumotlar yangilandi. Bu haqda Markaziy bank saytida ma’lum qilindi.
Mamlakatning rasmiy zaxira aktivlar 1-oktabr holatiga ko‘ra $41,13 milliardni tashkil qilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 1-sentabr holatiga ko‘ra, $39,15 milliardni qayd etgan. O‘tgan oyga nisbatan mamlakatning rasmiy zaxira aktivlari $1,99 milliardga ortgan.
Sentabr oyi hisobot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin zaxiralarining qiymati $30,39 milliard bo‘lgan bo‘lsa, 1-oktabr holatiga ko‘ra ushbu ko‘rsatkich $31,86 milliardni tashkil qilgan.
Shuningdek, oltinning fizik hajmi 1-oktabr holatiga ko‘ra, 12 mln troy unsiyani tashkil qilib, o‘tgan oyga nisbatan oltinning fizik hajmida o‘zgarish kuzatilmagan.
«O‘zbekiston Respublikasi...
Afrikaning neft va gazga boy mamlakati Nigeriya ham xomashyo neftni AQSh dollari oʻrniga mahalliy valyutada sotishni boshlashini e’lon qildi. Bu haqda Bernama ma’lum qildi.
Moliya vazirligining Axborot va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi direktori Muhammad Manga o‘z bayonotida Federal Ijroiya Kengashi xom neft sotishni nairada amalga oshirilishini e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, oxirgi marta 2022-yilning fevralida Rossiya – Ukraina mojarosi boshlanganidan keyin bir qancha davlatlar neft va gazni mahalliy valyutalarda sotishni boshlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BRICS’da mustaqil to‘lov tizimini yaratish haqida o‘ylayotganini yozgan edik.
Qirgʻiziston hukumati «Rosatom» bilan hamkorlikda atom energetikasini rivojlantirish imkoniyatlarini oʻrganib, AES qurilishi uchun maqbul joy izlamoqda.
4-oktabr kuni boʻlib oʻtgan «Eldik» deputatlar guruhi yigʻilishida mamlakat energetika vaziri Taalaybek Ibrayev atom elektr stansiyasiga ehtiyoj borligini va u barqaror energiya ta’minotini ta’minlashning eng ishonchli texnologiyalaridan biri hisoblanishini ta’kidladi.
«AES qurilishi besh-olti yil davom etadi. Biz uni sovitish uskunalari uchun suv manbalari yaqinida joylashtirish va elektr tarmogʻiga ulash uchun joy tanlash bosqichidamiz», – dedi Ibrayev.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozogʻistonda AES qurilishi boʻyicha referendumning natijalari e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.
O‘zbekistondagi fransuz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish uchun chet elga borish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’lim Fransiyada tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu kelishuvga Xalqaro frankofoniya tashkilotining 19-sammitida erishilgan.
Vazirlikning ma’lumotlariga ko‘ra, fransuz tili O‘zbekistondagi 600 ta maktabda chet tili sifatida o‘qitiladi. Bundan tashqari, fransuz tili ikkinchi chet tili sifatida qo‘shimcha 100 ta ta‘lim muassasasida o‘rgatiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Fransuz madaniyat markazi qurilishi haqida xabar bergan edi.
Amerikalik pop va kantri qo‘shiqchisi Teylor Sviftning boyligi $1,6 milliardga yetdi. Bu unga dunyoning eng boy musiqachi ayol reytingida sobiq yetakchi Riannani almashtirish imkonini berdi. Bu haqda Fox Business portal xabar qildi.
Svift professional faoliyati reklamaga suyanmagan holda albomlar sotuvi va konsertlar orqali daromad olgan kam sonli musiqachilardan biri hisoblanadi. Xonanda uchun 2023-yil mart oyida boshlangan Eras («Epoxalar») turi moliyaviy jihatdan juda muvaffaqiyatli bo‘lgan.
Bundan tashqari, o‘tgan yili uning turiga bag‘ishlangan film kinoteatrlarda namoyish etildi. «Teylor Svift: Epoxalar turi» boshlanishida $92,8 million daromad keltirdi. 2024-yil aprel oyida 34 yoshli qo‘shiqchi o‘zining 11-chi albomi The Tortured Poets Department («Azoblangan...