Amerika sudi FTX kriptovalyuta birjasi asoschisi Sem Benkmen-Fridni kreditorlarni aldash va mijozlar mablag‘larini o‘g‘irlash ishi bo‘yicha hukm qildi, deb yozadi The Wall Street Journal.
Ayblov tomoni Benkmen-Frid uchun 50 yillik qamoq jazosini talab qildi. U shu muddatning yarmiga — 25 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Bundan tashqari, FTX asoschisi taxminan $11 mlrd jarima to‘lashi kerak.
«Boʻlgan hodisadan afsusdaman. Oxir-oqibat, men qaygʻurgan insonlarni ishonchini oqlamadim», dedi Bankmen-Frid sud majlisida.
FTX 2019-yilda ro‘yxatdan o‘tgan kripto birjasi bo‘lib, uning shtab-kvartirasi Bagama orollarida joylashgan. 2021-yilda o‘z segmentida uchinchi yirik kompaniya edi. Kelgusi yil boshida uning qiymati $32 mlrd...