Bogʻchalarga malakali tarbiyachilarni jalb qilish uchun 2024-yil 1-iyundan ularning ish haqi stavkalari maktab oʻqituvchilarinikiga tenglashtiriladi. Bu haqda 22-may kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim qilingan maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish boʻyicha taqdimotda ma’lum qilindi.
Shuningdek, taqdimotda boshlangʻich sinflarda xorijiy tajriba asosida yangi oʻquv dasturi joriy qilinishi ko’zda tutilgani ta’kidlandi. Yuqori sinflarda oʻqitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga kamaytirilib, dasturlarning fanlararo va sinflararo integratsiyasi ta’minlanadi. Bunda 11 ta majburiy va 2 ta tanlov fani tatbiq etiladi. Yangi oʻquv yilidan informatika fani 1-sinfdan oʻrgatiladi.
Maktablarni malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida pedagoglarni sertifikatlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Ya’ni ishga kirayotgan pedagog 1-yil davomida...