Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovga qarshi Fransiyada qoʻzgʻatilgan ish kamida bir yil yoki undan ham koʻproq vaqt ichida sudga topshiriladi. Bu haqda Fransiya prokuraturasi vakili Wired nashriga ma’lum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, qandaydir kelishuv bitimini muhokama qilishga hali erta. Durovni hibsga olish toʻgʻrisidagi order uning jamoasi Telegram orqali jinoyatlarga oid ma’lumot soʻrovlariga javob bermagani sababli turli departamentlardagi tergovlar toʻxtab qolganidan soʻng chiqarilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining fikricha, Durovning sukut saqlashi jinoyatga sheriklik bilan teng boʻlgan.
Telegramʼning tashqi va hukumatlar bilan aloqalarni boshqargan Yuliya Konlining ta’kidlashicha, u Durovga platformada sodir boʻlgan barcha voqealar uchun javobgarlikni yuklashni «aqlsiz» deb hisoblaydi.