Mustaqil ekspert Yuliy Yusupov Ukrainadagi urushning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi – o‘z matnida u ikkita asosiy davrni ajratib ko‘rsatdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi davr (2022-yilning fevralidan dekabrigacha yoki 2023-yilning martigacha) faqat ijobiy samaralar keltirdi – rasman iqtisodiyot 5,7 % o‘sdi. O‘sish sabablari sifatida O‘zbekiston eksporti va O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarining ko‘payishini aytdi.
«Biroq, bu [eksport] o‘sish ko‘rsatkichlari bo‘yicha jiddiy va shubhali tafovutlar mavjud”, — dedi Yusupov.
Markaziy bank ma’lumotlariga koʻra, oʻtgan yili mahsulot ta‘minoti 2021-yilga nisbatan 33,4 %, statistika agentligi ma’lumotlariga koʻra esa 15,9 % oshgan.
Oʻzbekiston tovarlari yetkazib berish hajmining oʻsishi asosan Rossiya Federatsiyasi va...