Chevrolet Onix narxi Qozog‘istonda O‘zbekistonga nisbatan ancha arzonroq. Bu haqda Autostrada.uz xabar berdi.
Qayd etilishicha, Chevrolet Onix LTZ narxlari O‘zbekiston bilan Qozog‘iston solishtirilganda o‘rtadagi farq chegirmalarsiz +$1,330 ni tashkil qiladi, ya’ni 2023-yilda ishlab chiqarilgan Onix narxi Qozog‘istonda $14,535 ni tashkil qilsa, ushbu narx O‘zbekistonda $15,865 ni qayd etgan.
Shuningdek, Onix Premier 2 narxi Qozog‘istonda $16,201 ni tashkil qilsa ushbu model O‘zbekistonda $17,427 ni ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda Onix Qozog‘istonga nisbatan $1,226 ga qimmatroq.
Ma’lumot uchun, joriy yilning dastlabki 6 oyligida Chevrolet Onix O‘zbekistonda 18,2 ming dona ishlab chiqarilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davrida 13,5 ming donani tashkil qilgan, ya’ni...