AQSh hukumati samaradorlik departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) faoliyatining tugatilishi boshlanganini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
«Biz USAIDʼni tugatish jarayonidamiz», – dedi Mask X telekanalidagi jonli efirda.
Maskning ta’kidlashicha, agentlik qayta tiklanmaydi. USAID 1961-yilda turli davlatlarga insonparvarlik yordami koʻrsatish maqsadida tashkil etilgan. AQSh prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasi kuni agentlikning barcha tashabbuslari audit oʻtkazish maqsadida 90 kungacha toʻxtatilgan edi.
Politico nashri USAID vakolatlarini Davlat departamentiga oʻtkazish varianti koʻrib chiqilayotganini yozgan edi.
Reuters, shuningdek, soʻnggi bir hafta ichida agentlikning 100 ga yaqin xodimlari haq toʻlanmaydigan ta’tilga yuborilganini ma’lum qildi...