O‘zbekiston IT-xizmatlarini eng ko‘p Amerikaga eksport qilmoqda. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.
Markazga ko‘ra, IT-kompaniyalar eksport geografiyasi kengayib, eksport hajmining 46 foizi Shimoliy Amerikaga to‘g‘ri kelmoqda. Bundan tashqari, ekportning 21 foizi Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaga, 27 foizi MDH va Osiyo – Tinch okeani mintaqasiga, 6 foizi esa Yaqin Sharqqa yo‘naltirilgan.
IT-Park rezidenti bo‘lgan xorijiy kompaniyalar soni ham 752 taga yetib, 2020-yilga nisbatan 54 barobar oshgan. Shu bilan birga, umumiy rezidentlar soni 411 tadan 2 846 taga ko‘paygan.
Ma’lumot uchun, IT-Park rezidentlari O‘zbekistonda korporativ soliq va majburiy ijtimoiy to‘lovlardan ozod etilgan, daromad...