Yangi Sharp Aquos R10 smartfoni taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina texnologiyalar nashri xabar bermoqda.
Yangi smartfon yuqori yangilanish chastotasiga ega OLED displey, Leica hamkorligidagi kamera va SI funksiyalari bilan jihozlangan.
Sharp Aquos R10 6,5 dyuymli Full HD+ Pro IGZO OLED displeyga ega bo‘lib, u 1 dan 240 Gts gacha yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Ekran maksimal 3000 nit yorqinlikka ega va HDRsiz videoni yaxshilovchi Virtual HDR texnologiyasini taklif etadi.
Smartfonga Snapdragon 7+ Gen 3 chipi, 12 GB LPDDR4X tezkor xotira va 512 GB gacha UFS 4.0 xotira o‘rnatilgan.
Sovitish uchun mis asosli issiqlik o‘tkazuvchi tizim ishlatilgan. Qurilma Android 15 platformasida ishlaydi...