Brent – 86,37 dollar, WTI – 82,56 dollar
Brent va West Texas Intermediate (WTI) xom neftining jahon narxlari OPEK+ neft ishlab chiqarishni qisqartirish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng ketma-ket to‘rtinchi haftada qimmatlashmoqda. Bu haqda Reuters yozgan.
Dushanba kuni Brent fyucherslari 6 sentga ko’tarilib, bir barrel uchun 86,37 dollarga, WTI 4 sentga ko’tarilib, bir barrel uchun 82,56 dollarga yetdi.
OPEK+ xomashyo ishlab chiqarishni qisqartirish qarori fonida Xalqaro energetika agentligi 2023 yilda unga bo‘lgan talab rekord darajada bo‘lishini bashorat qilmoqda. Vaziyat neft tanqisligiga olib kelishi mumkin, bu esa COVID-19 pandemiyasidan keyin jahon iqtisodiyotining tiklanish sur’atlarini pasaytiradi.
Neft iste’moli bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinda turadigan Xitoyda...