O‘zbekistonning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi UzAuto Motors 2025-yilning birinchi choragini ikki baravardan ko‘proq kamayishga, ya’ni 637 milliard so‘m bilan yakunladi. Kompaniya o‘z moliyaviy hisobotini ILMA’ning korporativ axborot yagona portalida e’lon qildi.
Kompaniyaning bu davrdagi sof foydasi 2024-yilga nisbatan (o‘tgan yilning birinchi choragidagi sof foydasi 1,29 trillion so‘m bo‘lgan) deyarli ikki baravardan ko‘proqqa qisqarib, 637 milliard so‘mgacha tushdi.
Moliyaviy hisobotlarga ko‘ra, kompaniya tushumi 9,7 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17 foizga kamaydi. Tannarx ham 12,5 foizga pasaygan. Bu esa rentabellik darajasining 20,4 foizdan 16 foizgacha tushishiga olib keldi. Xarajatlar esa deyarli o‘zgarmagan, ya’ni 1 trillion...