30-iyun, dushanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati kechasi 20-22°, kunduzi 35-37° oralig‘ida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Yangiliklar
Bugun, 29-iyun kuni Telegram messenjeri xabarlarni tarjima qilish funksiyasining yo‘qolishi bo‘yicha izoh berdi.
Messenjer texnik yordam xizmati bu holat yuzasidan ijtimoiy tarmoq X’dagi sahifasida quyidagicha bayonot berdi:
«Tarjima funksiyasi vaqtincha ishlamayapti, chunki biz texnik tuzatishlar kiritmoqdamiz. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz – yaqin orada funksiya yana ishga tushadi».
Ammo aynan qachon bu imkoniyat qayta tiklanishi haqida aniq sana berilmagan.
Ma’lumot uchun, Telegram’dagi tarjima funksiyasi 26-iyun kuni butun dunyo bo‘ylab ishlamay qoldi. Bu holat, ayniqsa, Premium obunachilar orasida norozilikka sabab bo‘ldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Telegram dasturchi uchun 1 million dollar maosh to‘lamoqchiligi haqida yozgandi.
2025–2026-yillarda O‘zbekistonning bir qator tog‘li va cho‘l hududlarida ziplayn va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmualari barpo etiladi. Ushbu majmualar quriladigan hududlar ro‘yxati e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, loyiha doirasida quyidagi moliyaviy rag‘batlantiruvchi choralar nazarda tutilgan:
umumiy masofasi 200 metrdan kam bo‘lmagan ziplayn xizmatini tashkil qilish uchun 100 million so‘mgacha subsidiya; maydoni 150 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan kanatli park (taypark) tashkil qilish uchun esa 80 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi.Ushbu subsidiya faqat 2025–2026-yillarda to‘liq foydalanishga topshiriladigan obyektlar uchun ajratiladi. Tadbirkorlik subyektlarining arizalari asosida Turizm qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ziplayn va kanatli parklar qurilishi rejalashtirilgan hududlar ro‘yxati:
Avvalroq Kursiv Uzbekistan...
27 – 29-iyun kunlari Venetsiyada Amazon asoschisi Jeff Bezos va sobiq telejurnalist Loren Sanchesning to‘y marosimi bo‘lib o‘tmoqda. CNBC xabariga ko‘ra, to‘y tadbirlari $50 millionga tushishi kutilmoqda.
Nikoh marosimi 27-iyun kuni San-Jorjo orolida bo‘lib o‘tdi. Marosim davomida kelin 27 xil libosda namoyon bo‘lgan.
Tadbirga 200 ga yaqin mehmonlar – mashhurlar va biznes elitasining vakillari taklif qilingan. Ular orasida Ivankа Tramp va Jared Kushner, Bill Geyts, Leonardo Di Kaprio, Oprah Uinfri, Ashер, Orlando Blum hamda Kardashianlar oilasi bor. Ko‘plab mehmonlar Venetsiyaga shaxsiy samolyotlar, superyaxtalar va vertolyotlarda yetib kelishgan.
Asosiy marosim 28-iyun kuni Venetsiyaning sharqiy qismidagi Arsenale hududida o‘tkazildi. Dastlab tadbirni...
BMW kompaniyasi dasturiy ta’minotdagi jiddiy nosozlik sababli i4, i5, i7 va iX modellariga kiruvchi 71 mingga yaqin elektromobillarini chaqirib olmoqda. Bu haqda Speedme nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, AQShning Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan tizim noto‘g‘ri tarzda «ikki marta izolyatsiya» holatini xavfli deb baholangan. Bu esa avtomatik tarzda yuqori voltli quvvat tizimini o‘chirib qo‘yadi.
Mazkur nosozlik avtomobil harakatda bo‘lgan paytda motor quvvatining yo‘qolishiga olib keladi. Shu bilan birga, tormoz va rul tizimi ishlashda davom etadi. Dvigatel o‘chishidan 15 – 20 soniya avval asboblar panelida qizil ogohlantiruvchi belgi paydo bo‘ladi.
BMW kompaniyasi hozirgacha kafolat doirasida 43 ta murojaatni qayd...
1-iyuldan boshlab «Mashinasozlar metrosi – Chorbog‘ (Xumson qo‘rg‘oni)» yo‘nalishi bo‘yicha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «Toshavtobustrans» matbuot xizmati xabar berdi.
Yo‘nalishda MAN RR3 rusumli zamonaviy, konditsionerli va 47 o‘rinli turistik avtobuslar xizmat ko‘rsatadi. Bir tomonlama yo‘l kira narxi 25 ming so‘m etib belgilangan.
Harakatlar har kuni ertalab soat 6:00 da «Mashinasozlar» metrosidan boshlanadi. Qatnovlar har 1,5 soatda amalga oshiriladi. Oxirgi avtobus Chorbog‘dan soat 20:30 da yo‘lga chiqadi. So‘nggi manzil esa soat 22:00 da Mashinasozlar metrosi bo‘ladi.
Avtobuslar Mashinasozlar metrosidan Maxtumquli ko‘chasi, Yangi O‘zbekiston bog‘i, Xojikent va Chinorkent hududlari orqali Xumson qo‘rg‘onigacha harakat qiladi. Yo‘lovchilar yo‘l haqini naqd...
Xitoyning BYD kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Sealion 7 elektromobili O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Endi mazkur krossover respublikada rasman sotilishi va ehtimoliy ishlab chiqarilishi mumkin. Model ilgari Sealion 07 nomi bilan Xitoy bozorida namoyish etilgan bo‘lib, u 2024-yil Toshkentda o‘tgan e-Mobility Festa ko‘rgazmasida ham taqdim etilgan edi.
BYD Sealion 7 zamonaviy e-Platform 3.0 texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, turli elektromotor konfiguratsiyalari bilan ishlab chiqariladi. Eng oddiy versiyasi 231 ot kuchiga ega bo‘lsa, kuchliroq variantlari 313 ot kuchiga yetadi.
Eng yuqori darajadagi modifikatsiya esa 530 ot kuchi ishlab chiqaradi va avtomobilni atigi 4,2 soniyada 100 km/soat tezlikka olib chiqadi. Akkumulyator hajmiga qarab...
Shavkat Mirziyoyev 28 nafar yigitni «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash haqidagi qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, 12 ta viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan ikkitadan nomzodlar ushbu mukofotga loyiq ko‘rildi.
Mukofotlanganlar ro‘yxati
Xojabekov Batirbek Jolmurzayevich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi harbiy qismi sport guruhi yo‘riqchisi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) Eshniyazov Islam Saparbayevich – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri sahna ustasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) No‘monjonov Muhiddin G‘ulomjon o‘g‘li – Andijon davlat tibbiyot institutining biologik kimyo kafedrasi assistenti (Andijon viloyati) Sattarov Akmaljon To‘ravoy o‘g‘li – Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabining damli va zarbli cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishi o‘qituvchisi (Andijon viloyati) Yoriyev Shoxijahon O‘tkir...Uzbekistan Airways kompaniyasi Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni qayta yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
1-iyuldan ushbu yo‘nalishdagi aviaqatnovlar odatdagi tartibda amalga oshiriladi.
Aviakompaniya 6-iyundan 30-iyungacha ushbu yo‘nalishdagi reyslarni vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lgani haqida yozgandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Centrum Air Samarqand – Vladivostok yo‘nalishidagi parvozlarni yo‘lga qo‘ygani haqida yozgandi.
Xitoyda 22-iyun kuni sotuvga chiqqan Redmi K80 Ultra smartfoni rekord darajadagi talab bilan qarshi olindi. Bu haqda Mydrivers nashri xabar berdi.
Xiaomi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu budjet flagmani atigi 4 soat ichida 2025-yil bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi.
Redmi brendi rahbari Van Tenning aytishicha, yangi smartfon hatto Xiaomi’ning YU7 krossoveri bilan bir xil darajada mashhurlikka erishmoqda. Faqat birinchi soatning o‘zida 289 mingta oldindan buyurtma ro‘yxatga olingan.
Redmi K80 Ultra AnTuTu benchmarkida 3,24 million ball to‘plab, hozircha eng kuchli Android-smartfon hisoblanmoqda. Shunga qaramay uning boshlang‘ich narxi bor-yo‘g‘i 2599 yuan (taxminan $360)ni tashkil etadi.
Qurilma 7410 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan...
Kecha, 28-iyun kuni soat 21:29 da Sergeli tumani Mehrigiyo ko‘chasida joylashgan «Meros» to‘yxonasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB)ga xabar kelib tushgan.
Favqulodda vaziyatlar xizmatining yong‘in-qutqaruv texnikalari soat 21:37 da voqea joyiga yetib borgan. Zudlik bilan yong‘inni bartaraf etish ishlari boshlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘yxona binosida bo‘lgan barcha fuqarolar xavfsiz tarzda evakuatsiya qilingan. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Shuningdek, yong‘in soat 22:10 da qurshab olingan va 22:42 da to‘liq o‘chirilgan. Ayni paytda hodisaning sabablari va yetkazilgan zarar miqdori bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Surxondaryodagi uch gektar maydonda yong‘in sodir bo‘lgani va 200 kishi...
Samsung kompaniyasi Hindistonda yangi Samsung Galaxy M36 smartfonini taqdim etdi. Bu model katta akkumulyator sig‘imi bilan emas, balki sun’iy intellekt funksiyalari va uzoq muddatli dasturiy yangilanishlar bilan ajralib turadi.
Galaxy M36 6,7 dyuymli Full HD+ AMOLED ekran (120 Gs) va Gorilla Glass Victus+ himoyasi bilan jihozlangan. Qurilma Exynos 1380 protsessori, Android 15 tizimi va Galaxy AI’ning ayrim funksiyalariga ega. Uning asosiy kamerasi 50 MP (OIS bilan), 8 MP va 2 MP yordamchi sensorlarga ega, old kamera esa 13 MP.
Akkumulyator sig‘imi 5000 mA/soatni tashkil etadi, maksimal tezkor quvvatlash esa 25 Vt. Qurilmaning qalinligi 7,7 mm, og‘irligi esa 197 gramm...
O‘zbekistonda 23 – 27-iyun kunlarida AQSh dollarining rasmiy kursida sezilarli tebranishlar kuzatildi. Haftaning boshida 23-iyun kuni dollar 85,95 so‘mga pasayib, 12 410,99 so‘mni tashkil etdi. Bu hafta davomida dollar qayd etgan eng past qiymat bo‘ldi.
24-iyun kuni dollar o‘z pozitsiyasini tiklab, 12 456,25 so‘mga yetdi. 25-iyunda esa 12 531,78 so‘mga yetdi.
26-iyun kuni dollar kursi o‘sishda davom etdi va 54,63 so‘mlik o‘sish bilan 12 586,41 so‘mga tenglashdi. Haftaning oxirgi ish kunida dollar 67,72 so‘mga oshib, 12 654,13 so‘mni tashkil etdi.
Hafta davomida dollar kursi umumiy hisobda 243,14 so‘mga ko‘tarildi.
16 – 27-iyun...
Qozog‘istonda joylashgan Kolesa.kz YouTube kanali tomonidan yuqori unumli elektromobillar sinovdan o‘tkazildi. Bellashuvda Xitoyning eng kuchli ikki sportkarlari – Xiaomi SU7 Ultra va Zeekr 001 FR ishtirok etdi. Bu haqda Kursiv Media ma’lum qildi.
Har ikki mashina texnik quvvati jihatidan teng darajada bo‘lsa-da, tajriba davomida har xil his-tuyg‘ular va ustuvorliklar namoyon bo‘ldi.
Xiaomi SU7 Ultra uchta elektromotor, 1 548 ot kuchi va 1 770 Nm aylanish momenti bilan jihozlangan. Og‘irligi 2 360 kg bo‘lishiga qaramay, avtomobil 100 km/soat tezlikka 2,85 soniyada chiqadi. Testda maksimal 402 metrlik yugurishda 9,4 soniyalik natija qayd etildi. Yengil korpus va kuchli quvvat evaziga...
O‘tgan yil davomida O‘zbekiston Markaziy banki 52 ta moliya tashkilotiga 16,6 milliard so‘m miqdorida jarima solgan. Bu haqda regulyator rahbari Timur Ishmetov Oliy Majlis senatorlariga ma’lum qildi.
«Markaziy bank iqtisodiyot uchun muhim bo‘lgan korxonalar tomonidan kreditlarni jalb etish jarayonini nazorat qilish uchun qonun ishlab chiqdi», – deya ta’kidladi Ishmetov.
Ishmetov O‘zbekiston muddatli to‘lov bozoriga ham to‘xtalib o‘tdi. O‘tgan yili u 8,5 trillion so‘mlik marraga yetdi. Umumiy summaning 26 foizi ikkita mikromoliya tashkilotiga, 7 foizi banklarga, 67 foizi biznesga to‘g‘ri keladi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, regulyator bo‘lib-bo‘lib to‘lash bozorini tartibga solish bo‘yicha hujjat ishlab chiqqan. Unda...
Dam olish kunlari O‘zbekistondagi bir qator banklar o‘zlarining ayirboshlash shoxobchalari va pul o‘tkazmalari bo‘limlarini ochadi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki xabar berdi.
Ular orasida Agrobank, Apexbank, Asia Alliance Bank, BRB, Ipoteka Bank, Milliy Bank, Orient Finans Bank, Tenge Bank, Trastbank, Universalbank, Kapitalbank, Hamkorbank, SQB, Asaka Bank, Anor Bank, Garant Bank va Hayot Bank bor.
Bundan tashqari, 24/7 rejimida ishlaydigan bankomatlar, shuningdek, banklarning mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash mumkin bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Humo xususiylashtirilgach xizmat tariflarini bir necha baravarga oshirgani haqida xabar bergan edi.
29-avgustdan 8-sentabrgacha O‘zbekiston va Tojikiston «CAFA Nations Cup – 2025» turniriga mezbonlik qiladi.
Bu galgi bahslar yana kengroq ko‘lamda o‘tadi: ishtirokchi jamoalar soni 2 taga ortib, musobaqaga mehmon sifatida Malayziya va O‘mon terma jamoalari qo‘shiladi. Guruh o‘yinlari ikki mamlakatda bo‘lib o‘tadi, uning final uchrashuvi esa O‘zbekistonda tashkil etiladi.
Jahon chempionati ishtirokchisi O‘zbekiston milliy terma jamoasi musobaqada yana maydonga tushadi. Muxlislarni qiziqarli va murosasiz bellashuvlar kutmoqda.
Musobaqa doirasidagi asosiy sanalar quyidagicha:
– Musobaqa 2025-yil 29-avgustdan 8-sentabrgacha davom etadi.
– Qur’a marosimi 3-iyul kuni soat 16:00 da o‘tkaziladi.
– Guruh bosqichidagi o‘yinlar Tojikiston va O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
– Final uchrashuvi esa O‘zbekistonda tashkil etiladi.
Joriy yilning iyun oyi oxirida «Navoiyuran» London fond birjasiga $300 mlnlik debyut yevrobondlarni joylashtirdi. Bayonot kompaniya veb-saytida e’lon qilingan.
«Korxonaning 300 mln dollarlik besh yillik yevrobondlari bo‘yicha boshlang‘ich foiz stavkasi 7,250 – 7,375 foiz oralig‘ida belgilandi va arizalar kitobi rasman ochildi», – deyiladi bayonotda.
«Navoiyuran» qimmatli qog‘ozlarni London birjasiga joylashtirgan birinchi o‘zbek kompaniyasi bo‘ldi. Moliyaviy maslahatchi Finasia Capitals tomonidan, yuridik yordam esa Dentons tomonidan taqdim etilgan. Tashqi audit uchun Deloitte javob berdi.
93 ta investorning talabi $1,3 milliarddan oshdi, bu taklifdan 4,3 baravar ko‘p bo‘lib, foiz stavkasini pasaytirish va kuponni 6,7 foiz darajasida belgilash...
«Nasaf» klubi yetakchi yarim himoyachisi Akmal Mozgovoyga xorijdan, xususan, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) jamoalaridan transfer takliflari tushmoqda.
26 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi joriy yil qishda yakunlanadi. Shu bois uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan jamoalar Mozgovoyni hali shartnomasi tugamasidan transfer qilishlari kerak bo‘ladi.
Mozgovoy 2025-yilgi mavsumda Superligada 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatma bilan jamoasiga hissa qo‘shdi. Uning xorijga ketishi «Nasaf» uchun jiddiy yo‘qotish bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» egasi O‘zbekistondan futbol klubi sotib olishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Paxtakor metro bekatiga yosh bolani itarvorishibdi» mazmunidagi xabarlar yolg‘on ekani ma’lum qilindi. «Toshkent metropoliteni» DUK holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 26-iyun kuni soat 18:00 lar atrofida «Paxtakor» metro bekatida 3 yoshli qizaloq hamrohining e’tiborsizligi tufayli vagon eshigiga oyog‘ini qisib olgan. Voqea joyida birinchi yordam ko‘rsatilgan va tez tibbiy yordam xizmati chaqirilgan. Bola og‘ir tan jarohati olmagan.
Shuningdek, «bola itarilgan» degan iddaolar rad etilib, bu xabarlar asossiz va yolg‘on ekani ta’kidlandi.
Metropoliten yo‘lovchilardan yosh bolalarga harakat vaqtida alohida e’tibor qaratishni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan esa tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘radi. Ma’lumot uchun, yolg‘on axborot tarqatish O‘zbekiston...
28-iyun kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati kechasi 12–25°, kunduzi 24–41° oralig‘ida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
27-iyun kuni Minskda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollarini muhokama etdi. Oliy darajadagi kelishuvlarning ijrosi, savdo hajmini oshirish, kooperatsiya loyihalarini rivojlantirish hamda madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari alohida muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyorligi haqida gapirgan edi.
Rossiya hukumati ruID mobil ilovasi orqali mamlakatga kirish uchun ariza topshirish tartibini ixtiyoriy etib belgiladi.
Unga ko‘ra, bu arizani to‘ldirish majburiy emas: u yo‘qligi chegaradan o‘tishga ta’sir qilmaydi va kirishga rad etish uchun asos bo‘la olmaydi.
Biroq ariza to‘ldirilgan taqdirda xorijiy fuqarolar oldindan kirish cheklovlarini tekshirish, avtomatik SNILS olish va raqamli profil orqali davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Vizali kirish tartibi, shu jumladan, yagona elektron viza orqali kirish qoidalari o‘zgarishsiz qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq farzandi maktabga bormayotgan migrantlarni Rossiyadan deportatsiya qilish taklif etilgan edi.
27-iyun kuni Minskda o‘tgan Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, prezident Belarus tomonidan kengashga raislik qilinayotgani va ko‘p tomonlama hamkorlik faollashganini e’tirof etdi.
Davlat rahbari global iqtisodiy beqarorlik, proteksionizm va sanksiyalar tufayli yuzaga kelgan muammolarni tilga olib, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) bilan hamkorlik O‘zbekiston uchun tashqi iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishi ekanini ta’kidladi.
«Bizning tabiiy va an’anaviy sheriklarimiz bo‘lgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish tashqi iqtisodiy siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlab o‘tmoqchiman», – deydi Mirziyoyev o‘z nutqida.
Davlat...