2025-yil 8-may kuni Vatikan shahrida bo‘lib o‘tgan Konklav yig‘ilishi AQShlik kardinal Robert Frensis Prevost 267-papa sifatida saylandi. Endilikda u Papa Leo XIV nomi bilan taniladi. Bu haqda CNN ma’lum qildi.
69 yoshli Papa Leo XIV Chikagodan bo‘lib, ilk bor AQShdan chiqqan papa sifatida tarixga kirdi. U uzoq yillar Janubiy Amerikada, ayniqsa, Peru shahrida missionerlik faoliyati bilan shug‘ullangan. Shuningdek, u Vatikanning yepiskop tayinlash bo‘yicha muhim idorasini boshqargan.
Hozirda Vatikan davlat xavfsizlik xizmati va diplomatik korpusi tomonidan zaruriy protokol choralari amalga oshirilmoqda. Yangi saylangan Papa tez orada omma oldida chiqish qilib, o‘zining papalik nomini e’lon qilishi va xalqqa ilk marotaba murojaat...