Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi bilan tanishdi. Bu haqda davlat matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu noyob majmua tariximiz va madaniyatimizni aks ettiruvchi yirik loyiha bo‘lib, qurilish yakuniy bosqichga yetib kelgan.
«Islom sivilizatsiyasining, islom ta’limotining zamini – aslida ilm-fan, madaniyat, ta’lim va tarbiyadir. Biz barpo etayotgan markazning bosh g‘oyasi, asosi ham shu. Eng muhim tomoni – yurtimizdagi islom madaniyati bilan bog‘liq bir necha ming yillik qadimiy o‘tmish bir joyda – mana shu majmuada mujassam bo‘ladi. Markaz bilan tanishgan odam ana shu tarixni yaqqol ko‘rib, islom dini, bu avvalo, tinchlik, taraqqiyot va bag‘rikenglik dini ekanini...