China Automobile Quality Network 2024-yilgi eng ishonchli Xitoy avtomobillari reytingini e’lon qildi. Baholash jarima ballarining kamligi va sifatiga qarab belgilandi.
Dongfeng brendiga tegishli Voyah premium avtomobili peshqadam bo‘lib, u 153 ball to‘plagan. Ikkinchi o‘rin 156 ball bilan Dongfeng Honda, uchinchi o‘rin esa 157 ball olgan Volvo’ga nasib etgan.
Ushbu jadvalda «Top – 10» ta ishonchli avtomobillar bilan tanishishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan eng kuchli boshqaruv mexanizmlariga ega avtomobillar haqida yozgan edi.