Fransiya yetakchisi Emmanuel Makrondan keyin Italiya prezidenti Serjio Mattarella O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar berdi Agenzia Nova axborot agentligi.
6-noyabr kuni Mattarella ikki davlatga: avval Janubiy Koreyaga, keyin esa O‘zbekistonga tashrifini boshlash niyatida. Rasmiy safardan maqsad davlatlar bilan strategik hamkorlikni mustahkamlashdan iborat boʻladi. Italiya rahbarining O‘zbekistonga bu tashrifi 1997-yildan beri ilk bor bo‘ladi.
Agentlikning qayd etishicha, Toshkent bilan hamkorlik Rim uchun alohida ahamiyatga ega, chunki O‘zbekiston Xitoy va Rossiya o‘rtasida muhim o‘rinni egallab, Yevropa va Uzoq Sharq o‘rtasidagi yo‘lda joylashgan.
«Rim O‘zbekistonga o‘z muxtoriyatini saqlab qolish va G‘arb bilan munosabatlarni mustahkamlashga yordam berishi mumkin», deyiladi materialda.