Milliarder Alisher Usmonov Forbes Russia talqini bo‘yicha 2025-yil uchun Rossiyaning eng boy odamlari reytingida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Nashr jami 146 milliarderni ro‘yxatga kiritgan.
Forbes Usmonovning boyligini $16,7 mlrdga baholagan. Yil davomida u $3,3 mlrdga o‘sdi. 2022-yildan buyon kelib chiqishi o‘zbekistonlik milliarder Toshkentda istiqomat qiladi. Corriere Della Sera gazetasiga bergan intervyusida u sanksiyalarga qarshi kurashni davom ettirayotganini aytdi.
Forbes jurnali rossiyalik neft magnati Vagit Alekperovni 28,7 mlrd boyligi bilan birinchi o‘ringa qo‘ydi. Keyingi o‘rinlarda Aleksey Mordashov va Leonid Mixelson – mos ravishda $28,6 mlrd va $28,4 mlrd.
Reytingni tuzishda nashr milliarderlarning aktivlari va shaxsiy mulklari qiymati kabi mezonlarni hisobga oladi...