Pokiston hukumati sobiq bosh vazir Imron Xon tarafdorlarining norozilik namoyishlariga tayyorgarlik ko‘rayotganliklari sababli ayrim hududlarda mobil aloqa va internet xizmatlariga cheklov kiritdi. Bu haqda Associated Press nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, mamlakat Ichki ishlar vazirligi va hukumati rasmiy e’lonni X ijtimoiy tarmog‘i orqali e’lon qilgan. Qayd etish joizki, ushbu tarmoqning o‘zi Pokistonda rasman taqiqlangan. Cheklovlar davomiyligi haqida ma’lumot berilmagan, lekin boshqa hududlarda aloqa xizmatlari odatdagi tartibda ishlashi aytilgan.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida Nayatel telekommunikatsiya kompaniyasi mijozlariga mobil tarmoq ishlamaydigan hududlarda statsionar aloqadan foydalanishni tavsiya qilgan.
Sobiq bosh vazir va PTI partiyasi yetakchisi Imron Xon bir yildan oshiq vaqtdan beri...