Oʻzbekiston hukumati mamlakatdagi oliy oʻquv yurtlarida talabalar sonini koʻpaytirish niyatida, dedi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev.
Prezident chorshanbaga o‘tar kechasi BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi muhokamasida nutq so‘zladi.
«Oxirgi olti yil ichida oliy ta’lim muassasalariga qabul (…) 9 foizdan 38 foizga oshdi. 2030-yilga borib (…) har ikkinchi maktab bitiruvchisiga oliy o‘quv yurtlarida o‘qish imkoniyati yaratiladi», — dedi Mirziyoyev.
Uning soʻzlariga koʻra, oʻsha sanaga qadar Oʻzbekiston hukumati bogʻchalarni har bir bola uchun qulay holga keltirmoqchi. 2017-yildan boshlab mamlakatimizda maktabgacha ta’limni qamrab olish 21 foizdan 70 foizga oshdi.
Davlatimiz rahbari barqaror iqtisodiy o‘sish va qashshoqlikka barham berishning eng samarali usuli, qulay va sifatli...