Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekistonda 11,5 mingta Onix avtomobili ishlab chiqarildi. Bu oʻtgan yilning mos davriga qaraganda 3,7 martaga koʻpdir. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida ma’lum qilindi.
Oʻzbekistonda mazkur avtomobilni ishlab chiqarish 2023-yildan yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, dastlabki yilda umumiy hisobda 30,5 mingdan ortiq avtomobillar ishlab chiqarildi.
Umumiy Oʻzbekiston avtomobil bozorida esa joriy yilning dastlabki 4 oyida eng koʻp Cobalt (qariyb 42 mingta) ishlab chiqarildi. Cobalt 2023-yil yakunlariga koʻra ham mamlakatda eng koʻp ishlab chaqilgan avtomashina boʻlgan edi.
Avvalroq «Kursiv» respublika bozorida yangi BYD avtomobillari paydo bo‘lganini yozgan edi. Yangi modellarning paydo bo‘lishi respublika bozorida raqobatni kuchaytiradi...