Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) 2024-yilning ikkinchi yarmida xalqaro bozorga obligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AJ bosh direktorining transformatsiyalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Antonov III Toshkent xalqaro iqtisodiy forumidagi taqdimotida ma’lum qildi.
Kompaniya vakili rejalashtirilgan jalb etish hajmini oshkor qilmadi. Yevgeniy Antonov o‘z nutqida xorijlik investorlar uchun hozirda katta ahamiyatga ega bo‘lgan ESG mavzusiga to‘xtalib o‘tdi.
Aytish joizki, obligatsiyalarni xalqaro bozorga chiqarish uchun emitent kredit reytingini olishi kerak bo‘ladi. Ammo NKMK xorijiy banklarga allaqachon tanish, chunki u o‘z loyihalari uchun kreditlar jalb qiladi.
Eslatib oʻtamiz, Navoiy KMK AJ transformatsiya natijasida paydo boʻlgan. 2022-yil 1-yanvardan kompaniya qimmatbaho metallar qazib olish bilan shug‘ullanadi...