Janubiy Koreya harbiylari vaziyat monitoringini kuchaytirdi
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) seshanba kuni ertalab Janubiy Koreya va Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) o‘rtasida o‘tkazilayotgan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar vaqtida Yapon dengizi tomon ballistik raketalarni uchirishni davom ettirdi.
Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi bergan xabararga ko‘ra, gap qisqa masofaga uchuvchi ballistik raketalar haqida ketmoqda. Ularning uchirilishi mahalliy vaqt bilan 7:41 dan 7:51 gacha qayd etilgan.
Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi vaziyatni kuzatishni kuchaytirayotganini aytdi. Harbiylar Qo’shma Shtatlar bilan hamkorlikda «to’liq hushyorlik» holatini saqlab turibdi.
Yaponiyada, o’z navbatida, ular o’zlarining eksklyuziv iqtisodiy zonasi orqali raketalarning o’tishini qayd etmaganliklarini ma’lum qilishdi.
Dushanba...