AQSh Kongressining Vakillar palatasi Xitoyning ByteDance kompaniyasiga mashhur TikTok platformasini sotish uchun olti oyga yaqin vaqt beradigan qonun loyihasini qabul qildi. Aks holda tarmoq AQShda bloklanadi, deb xabar berdi Reuters.
Hujjat kuchga kirishi uchun AQSh Senati tomonidan ham tasdiqlanishi kerak. Agentlikning taʼkidlashicha, ushbu organ Tik Tokʼga ehtimoliy taqiqga nisbatan noaniqroq munosabatda.
Taxminan 170 million amerikalik TikTokʼdan foydalanadi. Ularning aksariyati platformaning cheklanishi eʼlon qilingani munosabati bilan hukumatga shikoyat qilmoqda. Servis bosh direktori Shou Szi Chu chorshanba kuni muhokama qilinayotgan hujjat AQShda TikTokʼning toʻliq taqiqlanishiga olib kelishi mumkinligini maʼlum qildi.
«Bu kontent yaratuvchi va kichik bizneslar choʻntagidan milliardlab dollarlarni olib qoʻyadi...