Moliya bozorini chuqurroq tahlil qilish va investitsiya qarorlarini qabul qilish uchun Markaziy bank yangi vosita – davlat qimmatli qogʻozlarining daromadlilik egri chizigʻini ishga tushiradi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berildi.
Qayd etilishicha, 2024-yil 1-sentabrdan egri chiziqni kuzatish mumkin boʻladi. Jadval har hafta regulyator saytida e’lon qilinadi.
Daromadlilik egri chizigʻi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan chiqarilgan davlat obligatsiyalari va Markaziy bankning likvidlikni boshqarishda qoʻllaniladigan obligatsiyalari daromadliligi boʻyicha ma’lumotlar asosida hisoblanadi.
«Ushbu daromadlilik egri chizigʻidan davlat qimmatli qogʻozlari va kapital bozorining boshqa instrumentlarining bozor qiymatini baholash hamda ushbu instrumentlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda risk parametrlarini...