Islom moliyasi Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeTB) bilan vositachilik orqali 2028-yilgacha Markaziy Osiyo mamlakatlariga $2 milliard olib keladi. Bu haqda bankning Olmaota shahrida boʻlib oʻtgan yillik yigʻilishida YeTB boshqaruvi raisi oʻrinbosari Ruslan Dalenov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «TASS».
«Islom moliyasi Markaziy Osiyo mamlakatlariga yangi sarmoyalarni olib kelishi, moliya tizimini mustahkamlash, ichki moliyaviy resurslarni safarbar etish, moliyaviy mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va YeIB vositachiligida 2028-yilga borib aholi talabini qondirish uchun qoʻshimcha $2 mlrd olib kelishi mumkin», deydi Dalenov.
Uning soʻzlariga koʻra, bank islom moliyasi boʻyicha salkam 20 yillik tajribaga ega, bankning Markaziy Osiyo mamlakatlarida ofislarining mavjudligi...