Toshkent shahrida Germaniya kompaniyalari ishtirokida mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda. Mehnat yarmarkasi doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri tanlovlar oʻtkaziladi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19–20-iyun kunlari Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Germaniya elchixonasi va ushbu davlatning salohiyatli ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida ilk bor mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtadi.
Nomzodlarga talablar:
18 yoshdan 40 yoshgacha; nemis tilidan kamida B1 sertifikat; kasbiy malaka diplomi (texnikum, kollej yoki bakalavr diplomi); 1 yillik kasbiy tajriba.Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.
Ma’lumot uchun, mehnat yarmarkasi Toshkent shahridagi «Ishga marhamat“ monomarkazida boʻlib oʻtadi.
Avvalroq “Kursiv...