Gavi.org: «O‘zbekistonda dorilarga chidamli silga qarshi kurash kuchaytirilmoqda» — O‘zbekistonda silni inyeksiyasiz davolashning yangi usullari qo‘llanilmoqda. Bundan tashqari, New England Journal of Medicine O’zbekiston, Belarus va Janubiy Afrikada 24 haftalik davolanish muddati 9-20 oy bo’lgan standart usullardan yomon emasligini ta’kidladi.
Lonely Planet: «O‘zbekistonda bolalar bilan qilinadigan eng yaxshi 8 ta narsa» – Agar siz bolalar bilan Ipak yo‘li sayohatini rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, O‘zbekiston ro‘yxatingizda birinchi o‘rinda turishi kerak, dedi Lonely Planet muallifi Sofi Ibbotson. U qoʻgʻirchoq teatrlari, respublikaning yirik shaharlaridagi bogʻlar, Xiva qalʼasi Arki va boshqa diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishni tavsiya qiladi.