Meta kompaniyasi Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari foydalanuvchilari uchun pul uchun reklamani o‘chirish imkoniyatini joriy etishni ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal.
Gazetaning yozishicha, yangi funksiya Yevropa mamlakatlarida ham mavjud bo‘ladi. Pulli blokirovkaning narxi foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqqa kiradigan qurilmaga bog’liq bo’ladi. Agar siz telefon orqali kirsangiz, blokirovka qilish kompyuterdan (oyiga $10,5) ko’proq (oyiga $14) turadi.
Ijtimoiy tarmoqlarning bepul versiyasi ham mavjud bo’ladi, ammo bu holda foydalanuvchilar reklamani ko’radi.
Avvalroq, YouTube smart televizorlarda o‘chirib bo‘lmaydigan yarim daqiqali reklamalarni qo‘shishi haqida xabar berilgan edi.